"ANDIJON"-"NEFTChI" PREVYu

Coca-Cola Superliganing 5-turida muhtasham "Istiqlol" stadionida 8 aprel kuni vodiy derbisi maqomiga ega "Andijon"-"Neftchi" bahsi boʻlib oʻtadi. Mazkur bellashuvdagi raqibimiz "Andijon" futbol klubi sobiq Sovet Ittifoqi davrida 1964 yilda tashkil topgan va mustaqillik yillariga qadar ikkinchi liga musobaqalarida ishtirok etgan. Shu davr mobaynida jamoa "Spartak","Andijanets", "Paxtakor" va "Navroʻz" nomi ostida toʻp surgan boʻlib, 1997 yildan eʼtiboran milliy chempionatimizdagi faoliyatini "Andijon" nomi bilan yuritmoqda. Jamoalar Oʻzbekiston birinchiligi doirasida shu kungacha oʻzaro 47 marta roʻbaroʻ kelishgan. Bulardan 10 tasida andijonliklar gʻalaba qozongan, 5ta uchrashuv durang bilan yakunlangan va 32 ta bellashuvda "Neftchi"ning qoʻli baland kelgan.Oʻzaro qarama-qarshilikda Andijon"ning eng yirik gʻalabasi 3:1, "Neftchi"ning eng yirik gʻalabasi 7:1 koʻrinishida qayd etilgan. Umumiy toʻplar nisbati 43-93 fargʻonaliklar foydasiga. Jamoalarning Andijonda boʻlib oʻtgan oxirgi 5ta uchrashuv natijalari quyidagicha: 09.04.2016. "Andijon"-"Neftchi" 2:1 30.05.2015. "Andijon"-"Neftchi" 0:4 22.06.2014. "Andijon"-"Neftchi" 1:3 29.04.2012. "Andijon"-"Neftchi" 1:0 21.08.2011. "Andijon"-"Neftchi" 2:3 Eslatib oʻtamiz, Andijondagi "Bobur arena" oʻyingohida taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi sababli "Andijon" futbol klubi birinchi davra uchrashuvlarini Fargʻonadagi "Istiqlol" stadionida mezbon sifatida oʻtkazib kelayapti. ✅"Neftchi" PFK matbuot xizmati