"ANDIJON" BILAN OʻYINGA TAYYoRGARLIK BOShLANDI

Kuni kecha Oʻshning "Alay" klubi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida qatnashgan Vitaliy Levchenko shogirdlari bir kunlik hordiqdan soʻng bugun Qirgulidagi qarorgohga qaytdilar va navbatdagi oʻrtoqlik bahsiga tayyorgarlik jarayonini boshlab yubordilar. Odatdagidek, bugungi tayyorgarlik jarayoni fitnes zalidagi trenajyorlarda shugʻullanishdan boshlandi. Keyinchalik esa jamoa aʼzolari ochiq maydonga koʻchib oʻtib, toʻp bilan muomala qilish jarayonida ishtirok etdi. Mashgʻulotlarga kirishish oldidan futbolchilar ikki tomonlama jonli devor tashkil etib, bugun oʻzining tavallud ayyomini nishonlayotgan yosh va isteʼdodli himoyachimiz Doniyor Valievni oʻzgacha uslubda olqishlab tabrikladilar. Mazkur jarayondan tasvirga olingan fotolavhalarni tomosha qiling. "Neftchi" PFK matbuot xizmati
























































