Yangiliklarga qaytish
Umumiy

ANʼANAVIY HOKIM KUBOGI JADVALI TAQDIM ETILDI.

23-yanvar, 2023·1 min o'qish
IMG_20220708_212330_412

Anaʼnaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan "Fargʻona viloyati hokimi kubogi" musobaqasining oʻyinlar taqvimi va jadvali eʼlon qilindi. Unga koʻra, ushbu galgi musobaqada 12 ta jamoa gʻoliblik uchun kurash olib boradi. Fargʻona viloyatidan "Neftchi U-21", Turon U-21, "Qoʻqon-1912", "Sementchi" hamda "FarDU" jamoalari qatnashadi. Uchrashuvlar Fargʻona shahridagi "Toʻqimachi" va Quvasoy shahridagi "Sementchi" stadionlarida boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan. Aziz Alijonov boshchiligidagi "Neftchi U-21" jamoasi musobaqaning A guruhidan oʻrin egalagan. Guruhimizda Andijonning "Andijon U-21", Zominning "Zomin" va Toshkentning "Lokomotiv U-21" jamoalari raqobatchilik qilishadi. Musobaqaning ochilish uchrashuvi 25 yanvar kuni "Toʻqimachi" stadionida "Neftchi U-21" va "Lokomotiv U-21" jamoalari oʻrtasida kechadi. Oʻyin soat 11:00da boshlanadi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Modern Online Gaming Esport Matches Schedule Announcement Instagram Post
Ulashish

O'xshash yangiliklar