Yangiliklarga qaytish
Onlayn

AN'ANA DAVOM ETMOQDA

17-iyul, 2024·1 min o'qish
IMG_20240717_221625_427

"Neftchi" mamlakat chempionatining ikkinchi davrasiga tayyorgarlik yuzasidan qator o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazmoqda. Bugun Qirgulidagi "Neftchi" SK stadionida qo'shni Tojikistonning "Xo'jand" jamoasi bilan bo'lgan bellashuv ikkala jamoaning ham jismoniy va ruhiy jihatdan o'z harakatlarini kuchaytirib borayotganligini namoyish etdi. Darvoza oldidagi xavfli holatlar mehmonlar tomonida ko'p yuz berdi. Lekin ana shu holatlardan futbolchilarimiz ikki marta muvaffaqiyatli foydalandilar xolos. Birinchi bo'limda 31 - daqiqasida Javohir Qahramonov, ikkinchi bo'limning 49 - daqiqasida esa Shohruz Norxonov mehmonlar darvozasini aniq nishonga olib uchrashuvning 2:0 hisobida farg'onaliklar hisobiga yakunlanishini ta'minladilar. Bosh murabbiy Vitaliy Levchenkoning ta'kidlashicha 21 iyuli kuni Tojikistoning "Hosilot" jamoasi bo'lib o'tadigan uchrashuvida bugungiday kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik va hujumkorlik mahoratini yanada kuchaytirish haqida yigitlar bilan kelishib olindi. NAZORAT UCHRASHUVI Farg'ona "Neftchi" SK stadioni "Neftchi" 2-0 "Xo'jand" Gollar: Javohir Qahramonov 31 1:0 , Shoxruz Norxonov 49 2:0. Bosh hakam : Azazmjonov Murodxon Yordamchi hakamlar: Rustamov Mahmudjon, Muhammadjonov Elyor "Neftchi" : 35.Sanjar Quvvatov ,4.Boyan Siger, 20.Anvar G'ofurov, 2.Zoir Jo'raboyev, 30.Quvondiq Ro'ziev, 11. Javohir Qahramonov, 24.G'ulomhaydar Gulyamov , 70.Abbos G'ulomov, 19.Mirzohid G'ofurov (k) , 99.Effiong Nsungusi, 18.Mihay Roman. Ikkinchi bo'limda jamoamiz quyidagi tarkibda maydonga chiqdi: 1.Botirali Ergashev 3.Jaloliddin Jumaboyev, 21.Muhsin Ubaydullaev, 14.Xurshid Muhtorov, 55.Manuchehr Safarov, 66.Doniyor Valiev, 17.Sanjar Qodirqulov, 8.Ketelin Karp,28.Behruz Oblakulov, 10.Shoxruz Norxonov, 77.Bilolxon Toshmirzaev. "Xo'jand" (Xo'jand): 63.Gaforov safarmad 77.Xolmatov firuz 5.Abdusalimov firdavs 73.Barotov alisher 2.Axtamov faxriddin 8.Boboyev exson (k) 17.Toshpulatov islomjon 30.Shonazarov shuxrat 9.Sanginboyev boirjon 23.Karayev firuz 9.Deyan tumbas 76.Muydinov zuxriddin 29.Muydinov muxriddin 18.Madaminov akbar 47.Saidov muib Bosh murabbiy: Xodjayev Rustam

Ulashish

O'xshash yangiliklar