Yangiliklarga qaytish
Onlayn

ALEKSEY LARIN JAMOA BILAN XAYRLAShDI

19-yanvar, 2024·1 min o'qish·2
084A1148

Shu kunlarda Aleksey Larin borasida koʻp sonli muxlislarimiz nomidan savollar kelib tushmoqda. Murabbiylar shtabidan olingan maʼlumotlarga koʻra, futbolchi bilan oʻrtadagi shartnoma muddati oʻz yakuniga yetgan va A.Larin hozirgi kunda erkin agent maqomida boshqa klublardan kelib tushgan takliflar borasida muzokaralar olib bormoqda. "Neftchi" PFK nomidan jamoamiz sharafini himoya qilishdagi qoʻshgan munosib hissasi uchun minnatdorchilik bildirib qolamiz va futbolchining kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar