Yangiliklarga qaytish
Umumiy

ALAMLI MAG'LUBIYAT

31-mart, 2024·2 min o'qish
photo_2024-03-31_19-55-36

Superliganing 4-tur bahslari Toshkentdagi "Olimpik"-"Neftchi" o'yini bilan o'z nihoyasiga yetdi. Uchrashuvning birinchi bo'limi tengkurashlar ostida kechgan bo'lsada, o'yindagi ustunlik mezbonlar tarafida bo'ldi desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi. Chunki, poytaxtliklar yaratilgan xavfli vaziyatlar bo'yicha neftchilarga nisbatan ko'proq ustunlikka erishib, Sanjar Quvvatov qo'riqlayotgan darvozaga ancha kuchli va xavfli zarbalarni berishga muvaffaq bo'lishdi. Biroq, bu urinishlar o'z samarasini bermadi va durang natija bilan futbolchilar tanaffusga yo'l oldilar. Ikkinchi bo'limda bir nechta o'zgartirishlarni amalga oshirgan jamoamiz ancha mazmunli o'yin ko'rsatishga erishdi. Birin ketin chiroyli kombinasion hujumlarda ishtirok etgan futbolchilarimiz mezbonlar tomon kuchli zarbalar berishga muvaffaq bo'ldi. Ammo, ularning barcha urinishlari samara bermadi. Uchrashuvga bosh hakam tomonidan qo'shib berilgan 12 daqiqa o'yin taqdirini hal etdi. O'yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda qarshi hujumda mezbonlar hujumchisi himoyachilarimizdan qochib ketib, aniq zarba bilan darvozamizni ishg'ol etib toshkentliklarga muhim g'alabani taqdim etdi. Mag'lubiyatga uchraganiga qaramay bu turda asosiy taqibchilarimiz ochko yo'qotishganligi sabab "Neftchi" turnir jadvalida o'z o'rnini saqlab qolib, yakka peshqadam bo'lib turibdi Keyingi uchrashuvlarda sevimli jamoamizga ishonch bildirgan holda omad va zafarlar yor bo'lishini tilaymiz. Olimpik" - "Neftchi" 1:0 Bosh hakam: Iligiz Tantashev Qanot hakamlari: Ruslan Samandarov, Akmal G'iyosov Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov VAR: Abdurashid Xudoyberganov AVAR: Aleksandr Sidorov Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev Komissar: Jamshid Imomov Gol: Alisher Odilov 90+3, 1:0. "Olimpik": 13. Hamidullo Abdunabiev, 2. Saidazamat Mirsaidov, 7. Ibrohim Ibragimov, 10. Farruhbek Muxtorov (15. Muhsin Bozarov, 68), 11. Otabek Jo'raqo'ziev (9. Asadbek Jo'raboev, 75), 18. Akbar Abdirasulov, 19. Axmadullo Muqumjonov, 21. Muhammadaziz Ibrahimov, 23. Abdurauf Bo'riev, 37. Alisher Odilov (s), 44. Asadbek Rahimjonov. Zaxira: 1. Shukron Yuldashev, 4. Behruz Jumatov, 5. Davronbek Olimjonov, 8. Nodirbek Abdixalikov, 16. Rian Islamov, 17. Jaloliddin Sodiqov, 64. Samandar Qodirov. "Neftchi": 35. Sanjar Quvvatov, 2. Zoir Jo'raboev, 4. Boyan Siger, 7. Jasurbek Jaloliddinov (77. Bilolxon Toshmirzaev, 46), 8. Katalin Karp, 11. Javohir Qahramonov (17. Sanjar Qodirqulov, 83), 18. Mixai-Alexandru Roman (10. Shoxruz Norxonov, 64), 19. Mirzohid G'ofurov (55. Manuchehr Safarov, 64), 20. Anvarjon G'ofurov, 70. Abbosjon G'ulomov, 99. Nsungusi Effiong (9. Husayn Norchev, 64). Zaxira: 1. Botirali Ergashev, 14. Xurshidbek Muxtorov, 21. Muxsinjon Ubaydullaev, 24. G'ulom-Haydar G'ulomov, Ogohlantirishlar: Mirzohid G'ofurov 2, Botirali Ergashev 79, Husayn Norchaev 87, Anvarjon G'ofurov 90+4, Akbar Abdirasulov 90+6. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar