AKBAR TOʻRAEV VA UMAR ADXAMZODA BILAN ShARTNOMA UZAYTIRILDI

Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" PFK jamoasi va klub rahbariyati tarkibni shakllantirish borasida izchillik bilan faoliyat yuritmoqda. Oʻtgan mavsumda oʻzining yorqin oʻyinlari bilan Superligada qolishda katta hissa qoʻshgan tajribali posbon Akbar Toʻraev va iqtidorli himoyachi Umar Adhamzoda bilan shartnoma muddati uzaytirildi. Joriy mavsumda Akbar Toʻraev jamoamiz safida 16 uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga chiqib, 1312 daqiqa harakat qilgan. Umar Adhamzoda esa 14 uchrashuvda maydonga chiqib, 1209 daqiqa harakat qilgan va ikki bora golga assistentlik qilgan. Yangi futbol mavsumida ham Akbar Toʻraev bilan Umar Adxamzodaga jamoamizning Superligadagi gʻalabali yurishlariga munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildirgan holda, ularga kuch-quvvat, gʻayrat-shijoat va ulkan omadlar yor boʻlishini tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati