Yangiliklarga qaytish
Onlayn

ABONEMENTLAR NARXIDA OʻZGARISH

1-mart, 2026·1 min o'qish
IMG_20260301_145827_574

Farg‘ona viloyati hokimi futbol ishqibozlari fikrini inobatga oldi: “Neftchi”ning yillik abonementi va chiptalar narxi oldingidek bo‘ladi Yangi mavsum arafasida “Neftchi” klubining “Istiqlol” stadionida o‘tkaziladigan uy uchrashuvlari uchun mavsumiy abonementlar savdosi yo‘lga qo‘yilgan edi. Belgilangan narxlar yuzasidan futbol muxlislari tomonidan ko‘plab murojaatlar kelib tushdi, ijtimoiy tarmoqlarda turli fikr va mulohazalar bildirildi. Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov muxlislar taklif va fikrlarini o‘rganib chiqib, yillik abonement hamda chiptalar narxini o‘tgan yilgi miqdorga qaytarish bo‘yicha tegishli topshiriq berdi. 🎟 Mavsumiy abonement narxi — 1 050 000 so‘m. 🎫 Bir martalik uchrashuvlar uchun chiptalar narxi — 30 000–50 000 so‘m. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar