ABBOS GʻULOMOV JAMOAMIZGA QOʻShILDI

Tobora yaqinlashib kelayotgan Superliga-2022 mavsumiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrayotgan "Neftchi" futbol klubi tarkibni shakllantirish borasida izchillikda davom etmoqda. Oʻtgan mavsumda "Navbahor" safida toʻp surgan yarim himoyachi Abbos Gʻulomov jamoamiz bilan bir yilga moʻljallangan ijara shartnomasiga imzo chekdi. Maʼlumot oʻrnida, 1998 yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tavallud topgan Abbos Gʻulomov oʻtgan futbol mavsumida "Navbahor" tarkibida 22 ta oʻyinda maydonga tushirilgan boʻlib, 1 ta gol muallifiga aylangan. "Neftchi" futbol klubi va barcha muxlislari nomidan yangi mavsumda sevimli jamoamiz sharafini munosib ardoqlashidagi faoliyatiga yuksak ishonch bildirib, unga kuch-quvvat va ulkan zafarlar yor boʻlishini tilaymiz. "Neftchi" matbuot xizmati