Yangiliklarga qaytish
Klub yangiliklari

Neftchi 2025 mavsum chempioni

20-oktabr, 2025·1 min o'qish·1
champ

“Neftchi” jamoamiz O‘zbekiston Superligasining 2025-yilgi mavsumi chempioni bo‘ldi. Farg‘onaliklar liga tugashiga 1 tur qolganda 4:1 hisobida “Qizilqum” ustidan g‘alaba qozonib, muddatdan avval chempionlikni kafolatladi. Jamoa oxirgi marta ligada 2001-yilda g‘olib bo‘lgan

“Neftchi” klubi O‘zbekiston Superligasining 2025-yilgi mavsumida muddatdan avval chempion bo‘ldi. Jamoa 29-turda (mavsum 30 turdan iborat) “Qizilqum” jamoasi ustidan 4:1 hisobida g‘alaba g‘ozondi.

“Neftchi” 24 yil oldin, 2001-yilda O‘zbekiston yuqori ligasida chempionlikni nishonlagandi.

Mezbonlarning gollariga Alisher Odilov, Jamshid Iskanderov va Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, mehmonlarning goliga Shohruz Norxonov mualliflik qildi.

Bu natija “Neftchi”ga 64 ochko bilan muddatidan oldin chempionlikni keltirdi. Eng yaqin ta’qibchi — ikkinchi o‘rindagi “Paxtakor” hisobida 59 ochko bor.

“Neftchi” O‘zbekiston chempionatidagi g‘alabalari sonini 6 taga yetkazdi. Bu mutlaq rekordchi “Paxtakor” klubidan keyin ikkinchi ko‘rsatkich. Toshkentliklar 16 marta chempion bo‘lgan. Shuningdek, “Bunyodkor” 5 marta, “Lokomotiv” va “Do‘stlik” 2 martadan, MHSK, “Navbahor”, “Nasaf” 1 martadan chempion bo‘lgan.

Superliga. 29-tur
Neftchi – Qizilqum 4:1
Gollar: Alisher Odilov, 3 (1:0), Alisher Odilov, 19 (2:0), Shohruz Norxonov, 60 (2:1), Jamshid Iskanderov, 66 (3:1), Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 87 (4:1).
Neftchi — Botirali Ergashev, Boyan Tsiger, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Jamshid Iskanderov, Quvondiq Ro'ziev, Anvar G'ofurov, Muhsin Ubaydullaev, Alisher Odilov (Farruh Sayfiev, 82), Yovan Jokich, Zoran Marushich, Bilolxon Toshmirzaev (Abror Ismoilov, 71).

Qizilqum — Sanjay Kuvatov, Ilhom Vahobov, Shahzod Rahmatullaev, Islom Kenjaboev, Jambuli Jigauri, Asror G'ofurov (Shahzod Turopov, 86), Farhod Bekmuratov, Bobomurod Bozorov, Samandar Shukurullaev, Shohruz Norxonov, Fayzullobek Jumanqo'ziev.

Ogohlantirishlar: Ibrohimhalil Yo'ldoshev 32, Anvar G'ofurov 64 – Islom Kenjaboev 5, Ilhom Vahobov 30, Shahzod Rahmatullaev 35, Bobomurod Bozorov 48.

Ulashish

O'xshash yangiliklar