Pro liga yangi mavsumiga qurʼa tashlash marosimiga International Hotel Tashkent mezbonlik qiladi
10 марта 2021 г.·1 мин чтения

Pro liganing 2021 yilgi mavsumiga qurʼa tashlash marosimi 12 mart kuni oʻtkazilishi haqida xabar berilgandi. U International Hotel Tashkent mehmonxonasida boʻlib oʻtadi hamda 18:30 dan boshlab Futbol-TV telekanali orqali jonli efirga uzatiladi. Marosimda Pro liga klublari bosh murabbiylari, sardorlari hamda klub rahbarlari ishtirok etadi. Shuningdek, unda OʻzPFL akkreditasiyasiga ega OAV vakillari ham ishtirok etishlari mumkin. Manba: pfl.uz