Obameyang: Eng zoʻri boʻlishim uchun menga sovrinlar kerak emas
8 марта 2020 г.·1 мин чтения·1
Londonning "Arsenal" klubi futbolchisi Pyer-Emerik Obameyang futboldagi sovrinlar xususida gapirib oʻtdi.
Londonning "Arsenal" klubi futbolchisi Pyer-Emerik Obameyang futboldagi sovrinlar xususida gapirib oʻtdi.
"Men hujumchiman - shuning uchun oʻz ampluamdagi oʻyinimni himoya qilaman. Menga eng zoʻri boʻlish uchun sovrinlar kerak emas. Albatta, bu yordam beradi, ammo koʻplab buyuk futbolchilar hayotlarida hech narsa yutishmagan", - deydi Obameyang. Eslatib oʻtamiz, bu mavsumda gabonlik futbolchi 25 ta oʻyinda maydonga tushib, 17 ta gol urishga erishgan. Ikkita gollik uzatmani amalga oshirgan.