
«Neftchi» futbol klubi— uzoq yillik tarixga ega. 1962 yilda tashkil boʻlganidan buyon viloyatimizning faxri, millionlab muxlislarning sevimli jamoasi boʻlib kelmoqda. Mustaqillik yillarida klub oʻzining eng yorqin sahifalarini ochdi. Oʻz maktabidan yetishib chiqqan iqtidorli oʻyinchilar jamoaning nafaqat mamlakatda, balki jahon miqyosida ham maʼlum va mashhur boʻlishini, besh karra Oʻzbekiston chempioni va yuksak medallar sohibi boʻlishini taʼminladi.
Bugun esa klub tarixida yangi sahifa ochilmoqda. Jamoaning oʻz futbol akademiyasi ish boshlamoqda. Bu tashabbus Fargʻonada yuzlab futbol yulduzlari paydo boʻlishiga akademiya tarbiyalanuvchilari jamoaning har jihatdan rivojlanib, yuksak choʻqqilarni muvaffaqiyatli egallashlariga zamin yaratadi.
“Neftchi” futbol akademiyasiga 6 ta yosh toifasida 2009-2010-2011-2012-2013-2014 yilda tug‘ilgan futbolchilar qabul qilinadi.
Shu tariqa, Fargʻona futbol akademiyasi yangi iqtidorlarni kashf etish va tarbiyalash, jamoani boʻlajak futbol yulduzlari bilan taʼminlash va shahrimizning azaliy shon-shuhrati va anʼanalarini qayta tiklash uchun kurash maktabi boʻlib xizmat qiladi.
Murojaat uchun:
+998505005930