Yak. Iyul 13th, 2025

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

ISLOMBEK ISMOILOV «NEFTCHI»DA ISH BOSHLADI 

 

Bugun jamoamiz tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi. Hozirga kunda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Islombek Ismoilov «Neftchi» PFK bilan shartnoma imzoladi.

 

Islombek Ismoilov 1992 yilda Marg‘ilon shahrida tavallud topgan. «Paxtakor» jamoasi futbol maktabida ta’lim olgan. Murabbiylik faoliyatini 2015 yilda «Yozyovon» klubidan boshlagan. 2018 yildan boshlab Oltiariqning «Iftixor» va Marg‘ilonning «Farovon» BFK, 2019-21 yillarda Superligada Yaypanning «Turon» jamoasida ishladi. 2022 yildan boshlab asosiy faoliyatini O‘zbekistonda yoshlar futbolini rivojlantirishga qaratdi va 2025 yilda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi musobaqasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

 

Ma’lumot o‘rnida, Islombek Ismoilov «Neftchi»(U-21) jamoasidagi faoliyatini birinchi davra o‘yinlari yakunida boshlashga kirishadi.

 

Barcha futbol ishqibozlari va jamoamiz nomidan Islombek Ismoilovga Farg‘ona futbolini rivojlantirish yo‘lidagi olijanob ijodiga katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.

 

Улашинг: