Pay. Iyun 19th, 2025

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

BUGUN NAZORAT UCHRASHUVI

 

Xabaringiz bor, FIFA kunlari munosabati bilan milliy chempionatimizda tannaffus e’lon qilindi. Bu vaqt oralig‘ida ko‘plab jamoalar nazorat o‘yinlariga e’tibor qaratishlari odatga aylangan. Jumladan, jamoamiz murabbiylar shtabi ham yuzaga kelgan tannaffusdan oqilona foydalanish maqsadida ikkita nazorat uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan.Birinchi o‘rtoqlik bellashuvi bugun, 31 may sanasida o‘tkaziladi. Dastlabki raqibimiz Superligadagi viloyatimiz vakili hisoblanmish «Qo‘qon-1912» klubi bo‘ladi. Uchrashuv Farg‘ona shahridagi «Istiqlol» markaziy o‘yingohida soat 18:00 da boshlanadi.

 

 

Улашинг: