Jum. Iyun 20th, 2025

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

JAROHAT OLGAN FUTBOLCHILAR TIKLANMOQDA

Muxlislar va futbol ishqibozlari orasida «Neftchi»ning ayrim legioner va taniqli futbolchilari jamoaning tayyorgarlik mashqlari va rasmiy uchrashuvlarida nega ko‘rinmay qolishdi, degan har hil gap-so‘zlar tarqalmoqda.Jamoa rahbariyati ana shu masalalarga oydinlik kiritadi. Yovan Jokich bilan Vladimir Yovovich virusli infeksiyani davolash jarayonini o‘z yurtlarida o‘tkazib, yaqin kunlarda jamoaga qaytib kelishadi. Shuningdek, yarim himoyachimiz Gʻulom-Haydar Gulamov hamda himoyachi Muxsinjon Ubaydullayevlar mushak jarohatlarini davolatib, tiklanish jarayonini o‘tashmoqda va bir-ikki xaftadan so‘ng yana mashg‘ulotlarga qaytishadi. Darvozabon Eldor Suyunovning jarohati ancha jiddiy. Bu kassallik shifokorlar yordamida jarrohlik operatsiyasi o‘tkazish yo‘li bilan hal etiladi.

Turli jarohatlarga uchragan barcha futbolchilarimizga tezroq sog‘ayib, jamoadoshlari safiga qaytishlarini tilaymiz.

Улашинг: