
Ertaga mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni,deb katta tantana bilan bayram qilinadigan sharafli damlarda Superliganing 9-turida Andijon shahrida «Andijon» – «Neftchi» uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu bahsga andijonliklar o‘ziga xos ziddiyat bilan kelmoqdalar. Chunki ular oxirgi bellashuvlarda ketma – ket imkoniyatni boy berishlari natijasida jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov iste’foga chiqarildi.
O‘zaro o‘yinlar statistikasiga nazar tashlasak, jamoalar O‘zbekiston birinchiligi doirasida shu kungacha o‘zaro 51 marta to‘qnash kelishgan. Bulardan 10 tasida andijonliklar g‘alaba qozongan, 8 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan va 33 ta bellashuvda «Neftchi»ustunlik qilgan. O‘zaro qarama – qarshilikda Andijon» ning eng yirik g‘alabasi 3:1, «Neftchi» ning eng yirik g‘alabasi 7:1 ko‘rinishida qayd etilgan. Umumiy to‘plar nisbati 97-45 farg‘onaliklar foydasiga.
Andijonda bo‘lib o‘tgan oxirgi 5 ta uchrashuv natijalari quyidagicha:
25.09.2024.
«Andijon»-«Neftchi» 0:0
08.04.2023.
«Andijon»-«Neftchi» 0:2
09.04.2016.
«Andijon»-«Neftchi» 2:1
30.05.2015.
«Andijon»-«Neftchi» 0:4
22.06.2014.
«Andijon»-«Neftchi» 1:3
Eslatib o‘tamiz, «Andijon» – «Neftchi» bahsini Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Uchrashuv ertaga soat 18:00 da boshlanadi.
Raqib futbolchilar bu uchrashuvda har qanday sharoitda mag‘lubiyatga uchramaslik uchun kurashishlarini hisobga olib, biz ham «Neftchi»ning g‘olibona an’analarini qizg‘in davom ettirishimiz kerak.