Chor. Apr 16th, 2025

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

ANDREY ANNENKOV JAMOAMIZ MURABBIYLAR SHTABIDA ISH BOSHLADI!

O‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan jamoamizda ukrainalik tajribali murabbiy Andrey Annenkov yordamchi sifatida Vitaliy Levchenko bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Andrey Annenkov mehnat faoliyatini 1986 yil «Avangard» Kursk klubida boshlagan. Keyingi ikki yilni ukrainalik mutaxassis «Iskra» (Smolensk) jamoasida o‘tkazdi.

1990 yilda u «Dinamo» Kiev taklifini qabul qildi va ikki yil Kievda ishladi. Shuningdek, Andrey Annenkov Ukraina terma jamoasida ham faoliyat yuritgan murabbiylardan hisoblanadi.

MURABBIYLIK FAOLIYATI

Andrey Mixayilovich Annenkov 2007 yildan Kievning «Arsenal» klubi yoshlar jamoasida faoliyatini boshladi. Turli toifadagi jamoalarda yaxshi natijalarga erishgan murabbiy 2014/15 yilgi mavsumda «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanadi.

2019 yilda Ukraina U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrakov shtabida ishlab, yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibiga aylandi. Mazkur turnirda yuksak natijani qo‘lga kiritganligi munosabati bilan mutaxassis Ukraina jismoniy tarbiya va sport ishchisi unvoni bilan taqdirlanadi.

2021/22 yil mavsumida u Odessaning «Chornomores» klubi murabbiylar shtabiga qo‘shiladi.

2021 yil avgust oyida Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrakovga yordamchi murabbiy bo‘lib ishga kirishadi.

Andrey Mixaylovich Annenkovning so‘nggi ish joyi esa Armaniston milliy terma jamoasi bo‘ldi. Murabbiy u yerda ham Aleksandr Petrakov bilan hamkorlikda yordamchi murabbiy bo‘lib faoliyat olib bordi.

Andrey Mixaylovich Annenkovga jamoamizdagi faoliyati davomida omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Улашинг: