Chor. Mar 12th, 2025

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

«BUNYODKOR» – «NEFTCHI» PREVYU

Superliga jamoalarining 2025 yilgi rasmiy musobaqalari bugun start oladi. Jamoamiz esa chempionatning birinchi bahsini ertaga Toshkentda «Bunyodkor» klubi bilan o‘tkazadi.Bu jamoalar o‘rtasidagi bellashuvlar azaldan juda jiddiy va murosasiz kurash ostida o‘tib kelgan.

Qiziqarli statistika.

Milliy chempionatimiz doirasida farg‘onaliklar «Bunyodkor» futbol klubi bilan  30 marta yuzlashgan. Bularning 8 tasida «Neftchi» qo‘li baland kelgan, 18 ta uchrashuvda «Bunyodkor» ustun bo‘lgan, 4 ta bellashuvda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlagan. To‘plar nisbati 23-43 toshkentliklar foydasiga.

«Neftchi» boshqaruviga Vitaliy Levchenko kelgach jamoamiz «Bunyodkor»ga qarshi Superliga va kubok o‘yinlari doirasida 6ta uchrashuv o‘tkazgan. Shulardan 4 tasida yigitlarimiz g‘alaba qozonishgan, 1 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat qayd etilgan.

2024 yil 3 noyabrda «Bunyodkor» klubi Farg‘onada «Neftchi»dan 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa ham, keyingi 3 ta uchrashuvni mag‘lubiyatsiz yakunlagan. «Neftchi» jamoasi esa o‘tgan yil mavsumining so‘nggi 10 bahsini mag‘lubiyatsiz o‘tkazishga erishgan.

Jamoalarning Toshkentda bo‘lib o‘tgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha:

01.06.2024.

«Bunyodkor»-«Neftchi»   0:3

28.10.2023.

«Bunyodkor»-«Neftchi»   2:1

08.09.2022.

«Bunyodkor»-«Neftchi»  1:2

12.07.2018.

«Bunyodkor»-«Neftchi»  2:1

15.09.2017.

«Bunyodkor»-«Neftchi»  2:0

Bo‘lajak bahsda futbolchilarimizga omad yor bo‘lishini va Toshkentdan xursand bo‘lib, ko‘p sonli farg‘onalik muxlislarni mamnun etib qaytishlarini tilab qolamiz.

«Neftchi» FK matbuot xizmati

Улашинг: