"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

TURKIYA YIGʻINI YAKUNLANDI

 

Sanoqli kunladan so‘ng O‘zbekiston Superligasi rasmiy uchrashuvlari boshlanadi. Jamoamiz  yangi mavsumga Turkiyaning Antalya shahrida tayyorgarlik ko‘rdilar. 6 yanvardan 23 fevralgacha jamoamiz  Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, Serbiya , Ruminiya, Kosova, Shimoliy Makedoniya  va Moldova davlatlarining futbol jamoalariga qarshi jami 12 ta klub bilan o‘rtoqlik-nazorat bellashuvlari o‘tkazib, ularning 7 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 4 tasini durang va 1 tasini mag‘lubiyat bilan yakunladi. Natija qanday bo‘lishidan qat’iy nazar bu uchrashuvlar futbolchilarimizning jismoniy, texnikaviy va ruhiy jihatdan chiniqishlari, malaka va mahoratlarini zamonaviy talablar asosida oshirishlariga yordam berdi. Hamshaharlarimiz Turkiyadagi tayyorgarlik jarayonlarini yakunlab bugun Toshkentga qaytib keladilar.

Vitaliy Levchenko shogirdlari yangi mavsumning dastlabki uchrashuvini 8-mart Toshkent shahrida  mahalliy «Bunyodkor» jamoasi bilan o‘tkazadilar.

Ularga 2025 yil futbol mavsumini har jihatdan samarali va omadli o‘tkazishlari uchun minglab-millionlab muxlislar nomidan katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

 

Улашинг: