"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

HOKIM KUBOGI-2025. DASTLABKI GʻALABA! 

Bugun «Hokim kubogi-2025»  an’anaviy futbol musobaqasiga start berildi. Toshloqdagi stadionda o‘tkazilgan birinchi uchrashuvda «Neftchi»(U-21) jamoasi «Beshariq» klubi bilan bahslashdi. Bellashuvning birinchi bo‘limida beshariqliklar hujumkor o‘yin ko‘rsatishdi. Lekin, ular o‘zlari yaratgan qulay vaziyatlardan foydalana olishmadi. Shu tariqa birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham beshariqlik futbolchilar ko‘plab xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Biroq, o‘rinbosarlar jamoasi ularning hujumkorligiga qarshi faollikni kuchaytirdilar. Uchrashuvning 80-daqiqasida jarima maydonchasi ichiga kirib borgan jamoamiz vakilini qoidaga hilof ravishda yiqitilganligi bois bosh hakam beshariqliklar darvozasi tomon 11-metrli jarima belgilashga majbur bo‘ldi. Himoyachimiz Nodirbek Ahmadjonov jarima to‘pini darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochishga va pirovardida o‘rinbosarlarimizning birinchi g‘alabasini ta’minlashga muaaffaq bo‘ldi 1:0. Aynan gol muallifi bellashuv oxirida uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi.

«Hokim kubogi 2025»

«A» guruhi 1-tur

Toshloq, «Amir Temur» stadioni 11:00

«Neftchi» U21 1:0 «Beshariq»

Gol: Nodir Ahmadjonov 80′ pen 1:0

«Neftchi» U21:

16. Husniddin Neʼmatov, 80.Nodirbek Ahmadjonov, 90.Omadillo Abdubannopov, 2.Xumoyun Bozorboyev, 74.Oyatillo Obidjonov 43.Abdulaziz Salohiddinov, 65.Asadbek Qahorjonov 31.O’tkir O’ktamov , 76.Nurmuhammad Abdug’aniyev

64.Qodir Rasuljonov 91.Nodir Karimov.

Zahirdan qo’shilganlar : 32.Sirojiddin Xayitboyev, 61.Begzod Abduvaliyev,57.Sanjarbek Maqsudbekov ,48.Dovruh Abdug’aniyev ,52.Mujohid Olimov , 47.Muhammadjon Toyirjonov, 67.Yaxyo Isoqov, 93.Husan Umurzoqov ,96.Miraziz Muhammadaliyev,

Bosh murabbiy: Azizbek Alijonov

7 fevralda o‘rinbosarlarimiz navbatdagi bahsni «Andijon» yoshlari bilan o‘tkazadilar. Jamoamizga ushbu bellashuvda ham g‘alaba yor bo‘lishini tilaymiz.

Улашинг: