Oʼzbekiston Superligasining birinchi davrasi yakunlanganidan soʼng, «Neftchi» klubi futbolchilariga qisqa muddatli taʼtil taqdim etildi, jamoamiz bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko boshchiligida ikkinchi davraga tayyorgarlik bosqichini 14 iyuldan klub qarorgohiga yigʼilib, oʼquv-yigʼin mashgʼulotlariga kirishadilar. Ushbu yigʼin davomida futbolchilarning jismoniy imkoniyatlarini oshirish bilan birgalikda jamoa tarkibini shakllantirish borasida ham ishlar olib boriladi.
Jamoamizning tayyorgarlik bosqichi davomida murabbiylar shtabi nazorat uchrashuvi oʼtkazish boʼyicha ham reja tuzishgan. Bular toʼgʼrisida keyinroq xabar berib oʼtamiz.
«Neftchi» matbuot hizmati.
Бошқа хабарлар
VITALIY LEVCHENKO: «UCHRASHUVDAGI HISOB BUGUNGI O‘YINGA MOS RAVISHDA BO‘LDI»
VODIY DERBISIDA DURRANG
«VODIY DERBISI»NI NAYIM QOSIMOV BOSHQARADI!