Islombek Ismoilov “Neftchi” PFKga yangi bosh murabbiy etib tayinlanganligi munosabati bilan jurnalistlar va matbuot vakillari u bilan uchrashish va o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, suhbatlashish istagini bildirmoqdalar. Shu munosabat bilan jamoamiz matbuot xizmati shuni ma’lum qiladiki, bosh murabbiy Islombek Ismoilov bilan matbuotchilar uchrashuvi va suhbati “Istiqlol” markaziy o‘yingohining matbuot zalida 6 dekabr kuni soat 11:00 da o‘tkaziladi.
