"NEFTCHI"

Professional footbal сlub

XANS-YURGEN GYODE — ISLOMBEK ISMOILOVGA YORDAM BERADI!

“NEFTCHI” futbol klubi nemis mutaxassisi Hans-Jürgen Gede
yordamchi murabbiy etib tayinlanganligini e’lon qiladi.
Hans-Jurgen Gede 1956 yilda Germaniyaning  Gelsenkirchen shahrida tug’ilgan.
⚽️ Futbolchilik faoliyati:
Hans-Jürgen Gede professional faoliyatini “Shalke 04” klubida boshlagan.
Keyinchalik “Preussen” va “Fortuna Düsseldorf” jamoalarida to‘p surgan.
Ayniqsa “Fortuna” safida uzoq yillar yetakchi futbolchi va sardor bo‘lib,
343 ta o‘yinda maydonga tushib, 48 ta gol muallifi bo‘lgan.
🎓 Murabbiylik faoliyati:
Gede murabbiylik faoliyatini 1991 yilda “Fortuna Düsseldorf”da boshlagan.
Shundan so‘ng Eronning “Persepolis” klubini boshqargan, yoshlar termasiga rahbarlik qilgan va bir qator Osiyo va Yevropa  klublarida  faoliyat olib borgan.
🌐 Xalqaro tajriba:
U turli yillarda:
Eron, Bahrayn, Malayziya, Ozarbayjon, Liviya, Myanma va Germaniya klublarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, murabbiy O’zbekistondagi faoliyati orqali ham allaqachon tanish bo’lib ulgirgan. Gede 2003–2004 yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasida yordamchi, keyin esa bosh murabbiy sifatida ham ishlagan.

Bugun esa Hans-Jürgen Gede o‘zining katta tajribasini “Neftchi” jamoasi ravnaqi yo‘lida safarbar etadi.

Hans-Yürgen Gedega yangi mavsumda omad yor bo’lishini tilab qolamiz!

Улашинг: