"NEFTCHI"

Professional footbal сlub

MUXLISLAR TASHRIFI BOʻYICHA HAM CHEMPIONMIZ!

Yakunlangan Superliga 2025 chempionati doirasidagi “Neftchi” jamoasi ishtirokidagi superligasi doirasidagi uchrashuvlarni  stadiondan turib jami 274360 nafar muxlis kuzatgan. Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tgan barcha o‘yinlarga jami 183944  nafar muxlis tashrif buyurgan. Eng
ko‘p tomoshabin yig‘ilgan bahs — 29-turdagi “Neftchi – “Qizilqum” o‘yini bo‘lib, unda 18867 nafar muxlis stadiondan o‘yinni tomosha qilgan. Eng kam tomoshabin esa 10-turdagi “Neftchi – Sho‘rtan” o‘yinida qayd etilib, 4240 nafar muxlis stadionda bo‘lgan. Safar uchrashuvlarida esa eng ko‘p tomoshabin 19-turdagi “Navbahor – Neftchi” bahsiga to‘g‘ri keladi — 21 350 nafar muxlis. Safardagi eng kam tomoshabin esa 5-turdagi “Mash’al – Neftchi” o‘yinida qayd etilib, atigi 499 nafar muxlis o‘yinni stadionda kuzatgan. Jamoamizning uy uchrashuvlarini o‘rtacha 12263 nafar muxlis kuzatib bordi — bu esa O‘zbekiston futbol chempionatidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi!

Улашинг: