Jamoamiz prezidenti Farg’ona shahar xokimi Vosiljon Nazarov, klub bosh direktori Muhsinjon Mexmonov topshiriqlariga asosan jamoamiz fan-klubi bilan samarali hamkorlik o‘rnatish maqsadida bugun davra suhbati bo’lib o’tdi, suhbatda jamoaning muxlislar bilan hamkorliklari, fan-klub uchun yaratilinishi lozim bo’lgan bo’lgan ishlar, muxlislik ma’daniyatini oshirish va fan klubga kerakli sharoitlar yaratish bo’yicha bir to’xtamga kelindi bundan tashqari ikkinchi davraga fan-klub tayyorgarligi bo’yicha fan klub raisiga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, samarali ishlarni yanada rivojlantirish muxlislik darajasini oshirish uchun fan-klub raisi sifatida Muzaffar Xusanov tayinlandi, fan klub raisiga Alisher Tursunov va Abduvohid Jo’raevlar yordam berishadi.
“Neftchi” PFK matbuot xizmati
Бошқа хабарлар
«QIZILQUM» BILAN BAHS YAYPANDA BOʻLADI
«PAXTAKOR» GA QARSHI UCHRASHUVNI TOʻXTASINOV BOSHQARADI
SENTYABR OYIDA KIMLAR BILAN OʻYIN BOR?