Chor. Apr 17th, 2024

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

SHERZOD KARIMOV – FAOLIYATIMNI «NEFTCHI» FA YAKUNLASH NIYATIM BOR

Kecha jamoamiz o’rtoqlik uchrashuvida Yangiyerning «Yangiyer» PFK bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazib, 3:1 hisobida g’alabaga erishgani haqida yozib o’tgan edik.

Uchrashuvdan so’ng jamoamiz tajribali yarim himoyachisi Sherzod Karimov bilan suhbat uyishtirdik.

Bugungi uchrashuv haqida fikrlariningiz?  

-V.G.Levchenko qo’l ostida tayorgarlik jarayoni davom etmoqda, birinchi davra yakunlanib ta’tildan qaytganimizdan so’ng asosiy urg‘u jismoniy tayorgarliklarga qaratilgan. Bugungi o‘yin futbolchilarga o‘z formalarini tiklab olish uchun yordam beradi deb o‘ylayman.

Birinchi davra o‘yinlarida deyarli maydonga tushmadingiz bu jarohatlarga bog‘liqmi?   

-Shaxsan men uchun mavsum avalida Antaliyadagi o‘quv-yig‘in jarayonlari a’lo darajada o‘tgan edi, lekin mavsum boshlangach bosh murabbiy maydonga deyarli qo‘ymadi, to‘g‘risi nega tarkibda tushirmadi o‘zim ham bilmayman, jarohatim esa yo‘q edi.

Jamoa birinchi davradan so‘ng quyi o‘rinlarda bormoqda, bu esa Farg‘onalik bo‘lganingiz uchun ham sizda ikki karra bosimni keltirib chiqaradi bunga tayyormisiz?   

-Ikkinchi davradaga tayorgarlik jadal olib borilmoqda, muhlislarni albatta hursand qilamiz, o‘zim “Neftchi” PFKga yoshlik davrlarimdan boshlab muxlislik qilaman, ikkinchidan Farg‘onalik bo‘lganim uchun ham faoliyatimni “Neftchi” PFK da yakunlash niyatim bor edi, klubning shonli tarixini albatta qaytarishga harakat qilamiz.

Bundan tashqari ikkinchi davradan qadrdon “Istiqlol” stadionida o‘ynaymiz, bu albatta bizni ham muhlislarni ham quvontiradi muhlislarni stadionga kelib “Neftchi”ni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab qolaman.

 

«Neftchi» PFK matbuot hizmati

 

Улашинг: