"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

«NEFTCHI» – «NASAF» PREVYU

Bugun Superliganing 8-tur bahsida Islombek Ismoilov boshqaruvidagi sevimli «Neftchi» jamoamiz Qarshining «Nasaf» klubini qabul qiladi.

Statistik ma’lumot:
«Neftchi» hamda «Nasaf» jamoalari Superliga musobaqalari doirasida shu kunga qadar 54 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan.Bularning 20 tasida “Neftchi” ustun kelgan,12 ta bellashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan va 22ta bahsda «Nasaf» g‘alaba qozongan. Kiritilgan va o‘tkazib  yuborilgan to‘plar nisbati 59-68 qarshiliklar foydasiga.

Eng yirik g‘alabalar:
23.05.1999.
«Neftchi»-«Nasaf»   4:0
23.08.2003.
«Nasaf»-«Neftchi»   4:1

Farg‘onada kechgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha
11.08.2025.
«Neftchi»-«Nasaf»   1:0
22.11.2024.
«Neftchi»-«Nasaf»   2:0
02.07.2023.
«Neftchi»-«Nasaf»   2:1
22.06.2022.
«Neftchi»-«Nasaf»   1:1
22.09.2018.
«Neftchi»-«Nasaf»   3:1

Eslatib o‘tamiz,»Istiqlol» markaziy o‘yingohidagi «Neftchi»-«Nasaf» bellashuvida Shavkat Nasibullayev boshchiligidagi hakamlar guruhi faoliyat yuritadi.Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Bugungi bellashuvda yigitlarimizga kuch quvvat, g‘olibona kayfiyat va omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Улашинг: