Antaliyadagi mavsumoldi yig‘ini doirasida “Neftchi” jamoasi ilk nazorat uchrashuvini Ozarbayjonning amaldagi chempioni — Qarabağ FKga qarshi o‘tkazadi.
Qarabağ klubi hozirda UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etib, Yevropa maydonlarida yuqori saviyada o‘yin namoyish etib kelmoqda.
Neftchi (Fargʻona) 🆚 Qarabağ FK (Ozarbayjon)
📅 12-yanvar
📍 Antalya, Turkiya
⏰ 16:00*
Ushbu bahs jamoamiz uchun yangi mavsum oldidan muhim sinovlardan biri bo’ladi, jamoamizning navbatdagi uchrashuvlari haqida keyinroq batafsil ma’lumot beramiz.
p/s: Uchrashuv soati o’zgarishi mumkin.
