Jamoamiz yangi mavsumda o‘z oldiga qo‘yilgan yuksak maqsadlarni muvaffaqiyatli ado etish, musobaqalarda raqobatbardosh va barqaror o‘yin namoyish etish uchun tarkibni kuchli, mahoratli hamda tajribali futbolchilar bilan to‘ldirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu maqsadda mamlakatimiz futbol muxlislariga chiroyli va ishonchli o‘yinlari orqali yaxshi tanish bo‘lgan mohir yarim himoyachi Hurshidbek G‘iyosov bilan shartnoma imzolandi.
Hurshidbek G‘iyosov 1995-yil 13-aprel sanasida tug‘ilgan. U professional futbolchilik faoliyatini 2014-yilda Toshkentning “Bunyodkor” klubida boshlagan. O‘zining mehnatsevarligi, maydon markazidagi faolligi va texnik imkoniyatlari bilan qisqa fursatda e’tibor qozongan futbolchi 2020-yilda Janubiy Koreyaning “Anyang” klubida to‘p surib, xalqaro tajriba orttirdi. 2021-yilda yana “Bunyodkor” safiga qaytgan Hurshidbek, 2022-yildan shu kunga qadar Olmaliqning OKMK klubida faoliyat olib bordi.
Futbolchiga jamoamiz sharafini munosib himoya qilishda omad, sog‘lik va yuksak g‘alabalar tilab qolamiz.
“NEFTCHI”GA XUSH KELIBSIZ, HURSHIDBEK!
OSIYONI ZABT ETGANI KELDIM
