"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

ISLOMBEK ISMOILOV «NEFTCHI» PFK BOSH MURABBIYI

Islombek Ismoilov o‘zbek futbolining taniqli va mahoratli arboblaridan biri. Marg‘ilon shahrida tug‘ilib o‘sgan bu yigit yoshligidanoq futbolni tanlab, bu kasbni mukammal egallab, Farg‘ona va O‘zbekiston futbolining jahon miqyosida dovrug‘ taratishiga barakali hissa qo‘shib kelmoqda. Uning U-17 terma jamoasini Osiyo chempioni darajasiga olib chiqqani va Jahon chempionati musobaqasida nimchorak finaligacha yetib borganligi butun futbol ishqibozlarini qoyil qoldirdi va unga nisbatan hurmat e’tiborini yanada oshirdi. Islombek Ismoilov O‘zbekiston U-17 terma jamoasini boshqarish bilan birga «Neftchi» futbol klubi yoshlarini tarbiyalash va yuksak pog‘onalarga yetaklashda ham o‘z mahoratini namoyish etdi. Shu bois, viloyat rahbariyati Superligada O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan «Neftchi» jamoasini boshqarish Islombek uchun ham katta sharaf, ham katta mas’uliyat ekanligini inobatga olib, uni chempion jamoaga bosh murabbiy etib tayinladi. Barcha futbol ishqibozlari va jamoamiz muxlislari nomidan Islombek Ismoilovga ana shu olijanob faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

«Neftchi»ga xush kelibsiz, Islombek Murodovich!

Улашинг: