"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

 

Chempionatning baland shoxsupasini egallash uchun kurashayotgan «Neftchi» jamoamiz Buxorodagi uchrashuvda kutilmagan durang natijaga erishdi. Bellashuvni shiddat bilan boshlagan maydon egalari birinchi bo‘lib hisobni ochish uchun hujumkorlikni kuchaytirdilar. Ammo yigitlarimiz ularning bu hamlasidan cho‘chimay, tez tez qarshi hujumga o‘tib turdilar. Shunday hujumlarning birida Abrorbek Ismoilov raqiblar himoyachilarini aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirib borishi kuchli zarba bilan yakunlandi. Ammo, bu vaziyatda mezbonlar darvozaboni to‘pni qiyinchilik bilan burchakka chiqarib yubordi. Shundan so‘ng burchakdan uzatilgan to‘pni Boyan Siger baland sakrab darvozaga yo‘naltirdi. Bu safar ham buxoroliklar posboni o‘z mahoratini namoyish etib, to‘pni qaytarishga erishdi. Shu tariqa birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limni jamoamiz shiddatli hujumlar bilan boshladi. Uchrashuvning 51-daqiqasida Ikrom Aliboyev tomonidan oshirilgan to‘pni Vladimir Yovovich to‘xtatmasdan darvoza tomon kuchli zarba yo‘lladi. Uning yo‘llagan zarbasi mezbonlar himoyachisining boshiga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvoza to‘riga borib tushdi 0:1. Shiddatli tus olgan ushbu bellashuvning 59-daqiqasida esa qoida buzilgan vaziyatda yarim himoyachimiz Ikrom Aliboyev raqib bilan qupol muomalada bo‘lganligi uchun unga bosh hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilib, maydondan chetlashtirildi. Bir kishi kam bo‘lib qolgan jamoamiz hujumdan ko‘ra himoyaga ko‘proq e’tibor qaratishga majbur bo‘ldi. Kuchli bosimga o‘tgan buxoroliklar esa yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanib, 82-daqiqada Dominik Begichning aniq zarbasi tufayli o‘yinda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi 1:1. Ikkala tomonning ham shundan keyingi urinishlari natija bermadi va jangovar ruhda kechgan bellashuv durang natija bilan yakunlandi.

Bu uchrashuvdan so‘ng 61 ochko to‘plagan «Neftchi» turnir jadvalida hamon peshqadam bo‘lib turibdi.

Superliga 28-tur
«Buxoro» – «Neftchi» 1:1
Buxoro. «Buxoro» futbol akademiyasi. 18:00

Gollar: Dominik Begich (Yosim Tomashevich) 82′ – Vladimir Yovovich 51′
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov, Avaz Abdullaev
Zaxira hakami: Muhammadali Baxtiyorov
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Alisher Rahimqulov
Komissar: Sherzod Rajabov
«Neftchi«: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 7.Abror Ismoilov (77.Bilolxon Toshmirzaev, 90+2), 8.Vladimir Yovovich (11.Quvondiq Ro’ziev, 77), 10.Jamshid Iskanderov (24.G’ulomhaydar Gulyamov, 90+2), 20.Anvar G’ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 23.Yovan Jokich, 32.Zoran Marushich (70.Silvanus Nimeli, 86), 34.Farruh Sayfiev.
Zaxira: 45.Akbar To’raev, 6.Ibrohimhalil Yo’ldoshev, 15.Shahzod Nematjonov, 22.Alisher Odilov, 33.Shohruh Yoqubjonov.
Ogohlantirishlar: Zoran Marushich (31), Yosim Tomashevich (50).
Chetlatish: Ikrom Aliboev (58)

Улашинг: