"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

«NEFTCHI» – «DINAMO» PREVYU

Superliganing 22-tur doirasidagi markaziy bellashuvida Vitaliy Levchenko boshchiligidagi sevimli «Neftchi» jamoamiz Samarqandning «Dinamo» klubini qabul qiladi.

«Neftchi» va «Dinamo»ning milliy chempionatimiz doirasida Oliy liga va Superligada o‘tkazgan o‘zaro o‘yinlar statistikasiga nazar tashlaymiz.Jamoalar shu kunga qadar 51 uchrashuvda to‘qnash kelishgan. Bularning 35 tasida «Neftchi» zafar quchgan, 12 tasida esa «Dinamo»ning qo‘li baland kelgan. 4 ta o‘yin durang bilan yakunlangan. Umumiy to‘plar nisbati 97-44 farg‘onaliklar foydasiga. Ushbu bahslarda «Neftchi»ning eng yirik g‘alabasi 1997 yil mavsumida 8:0 hisobida qayd etilgan. «Dinamo»da esa bu ko‘rsatkich 2010 yilda 3:1 hisobi bilan ko‘rinish olgan.

Jamoalarning Farg‘onada o‘tgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha

10.08.2024.
«Neftchi»-«Dinamo»   3:2
18.09.2022.
«Neftchi»-«Dinamo»   4:1
14.06.2017.
«Neftchi»-«Dinamo»   2:3
09.05.2015.
«Neftchi»-«Dinamo»   3:1
31.05.2014.
«Neftchi»-«Dinamo»   1:0

Eslatib o‘tamiz, 20 sentyabr kuni «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tadigan «Neftchi»-«Dinamo» bahsini bosh hakam sifatida Ahrol Risqullayev boshqarib boradi. Bellashuv soat 19:15 boshlanadi.

Futbolchilarimizga bo‘lajak bahsda omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Улашинг: