Ayni kunlarda davralar oralig‘idagi yozgi transfer jarayoni davom etmoqda va jamoalar tarkibida o‘zgarishlar yuz berishi tabiiy holga aylangan. Shu qatori, mavsum boshida «Neftchi»ga kelib qo‘shilgan yarim himoyachi Shohruh Gadoyev bilan amaldagi shartnoma o‘zaro kelishuv asosida bekor qilindi.
Jamoamiz nomidan Shohruh Gadoyevga neftchilar tarkibida olib borgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida professional sohasidagi ishlariga omad yor bo‘lishini tilaymiz.
