Jum. Iyul 18th, 2025

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

«NEFTCHI» – «XORAZM» BAHSINI IBROHIM ISMOILOV BOSHQARIB BORADI

 

Xabaringiz bor, Superliganing 15-tur bellashuvida sevimli «Neftchi» jamoamiz Urganch shahrining «Xorazm» klubini qabul qiladi. Ushbu uchrashuvni Ibrohim Ismoilov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bellashuv 7 iyul kuni «Istiqlol» markaziy o‘yingohida soat 20:00 da boshlanadi.

Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov
Yordamchi hakamlar: Maksim Nexochin, Islom Nosirov
Zaxira hakami: Dias Galeev
Nazoratchi: Aleksandr Popov
VAR hakami: Gʻayrat Joʻrayev
AVAR hakami: Kristina Sereda
Komissar: Vladimir Nazarov

Barcha futbol ishqibozlarini birinchi davraning so‘nggi uchrashuviga taklif etib, jamoamizni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab, g‘alabalariga madadkor bo‘lishlaringizni tilab qolamiz.

Улашинг: