Jum. Iyun 13th, 2025

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

YOSHLARGA KENG IMKONIYAT BERILGAN UCHRASHUVDA JAMOAMIZ KUCHLI RAQIB BILAN DURANG QAYD ETDI

FIFA kunlari munosabati bilan «Neftchi» jamoasi o‘z imkoniyatlarini kamaytirmaslik maqsadida «Qo‘qon-1912» klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishga qaror qildi. Bellashuv  Farg‘onadagi «Istiqlol» markaziy o‘yingohida bo‘lib o‘tdi. Birinchi bo‘limda maydon egalari ko‘proq hujum uyushtirib, raqiblarni ancha bezovta qilishga erishdi. 40-daqiqada jamoamizning navbatdagi kombinasion hujumida Jamshid Boltaboyev qo‘qonliklar darvozasini aniq nishonga olib, hisobni ochdi 1:0. Mehmonlar hisobni tenglashtirish uchun ko‘p harakat qildilar. Lekin, birinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘limda jamoamiz murabbiylari yosh futbolchilarga o‘zlarini sinovdan o‘tkazib, mahoratlarini namoyish etishlari uchun sharoit yaratishga qo‘l urdilar. Shu tariqa, maydonda birinchi bo‘limda harakat qilgan to‘qqiz nafar futbolchi zaxiraga olinib, o‘rniga yosh futbolchilar maydonga tushirildi. Ular murabbiylar ishonchini oqlash uchun raqibning tajribali futbolchilari bilan tengma teng olishdilar. Qo‘qonliklar jarima maydonida bir necha bor xavfli vaziyatlarni yaratishga ham muyassar bo‘ldilar. Lekin, uchrashuv tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda mehmonlar hujumchisi Husniddin Gʻofurovni to‘xtatib qolish maqsadida qilingan noto‘g‘ri harakat darvozamizga 11 metrli jarima belgilanishiga sabab bo‘ldi. Jarimani jabrlanuvchining o‘zi amalga oshirib, hisobni tenglashtirishga erishdi 1:1.

Shu tariqa, jamoalarning o‘rtoqlik uchrashuvi durang natija bilan yakunlandi.

Nazorat uchrashuvi.

«Nеftchi» – «Qo’qon-1912» 1:1

Gollar: Jamshid Boltaboеv (1:0), Husniddin G’ofurov-pеn. (1:1)

«Nеftchi»: Akbar To’raеv, Anvar G’ofurov, Muhammadziyo Adhamjonov, Boyan Sigеri, Ikrom Aliboеv, IbrohimHalil Yo’ldoshеv, Abror Ismoilov, Quvondiq Ro’ziеv, Jamshid Boltaboеv, Muhammadali G’iyosov, Zoran Marushich.

Ikkinchi bo’limda maydonga tushganlar: Diyor To’laboеv, O’tkirbеk O’ktamov, G’ulomhaydar G’ulomov, Shohrux Yoqubjonov, Omadillo Abdubannopov, Shohrux Gadoеv, Muhammadjon Toirjonov, Nodir Karimov, Doniyor Valiеv, Hasanboy Umrzaqov.

«Qo’qon-1912»: Azizxon Isoqov, Muhammadanas Hasanov, Andre Giorgadzе, Iqboljon Malikjonov (S), Alishеr Salimov, Baxtiyor Qosimov, Bеkjon Jo’raboеv, Alishеr Xayrullaеv, Javohir Husanov, Husniddin G’ofurov, Jasurbеk Xolto’raеv.

Ikkinchi bo’limda maydonga tushganlar: Rustam Nortojiеv, Mirzohidjon Jalilov, Ayubxon Muxtorov, Mirziyodjon Mirodilov, Ibrohim Muxtorov.

Улашинг: