
Xabaringiz bor, 24-may kuni sevimli jamoamiz Superliganing 11-tur uchrashuvida Gʻuzorning «Sho‘rtan» jamoasini qabul qilib, yirik 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuvda qayd etilgan natija so‘nggi bor 12 yil muqaddam yuz bergan edi. Unda jamoamiz 2013 yilning 14 sentyabr kuni Superliganing (Oliy liga) 18-turida OKMK (Olmaliq) jamoasini aynan 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
«Neftchi» shundan so‘ng Farg‘onada Superliga uchrashuvlarida 4:0 hisobida g‘alaba qozona olmagan. Shuningdek, jamoamiz 2022 yilning 18 sentyabr kuni Superliganing 19-turida «Dinamo» klubini 4:1 hisobida, 2015 yilning 30 may kuni ham Andijonda 4:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Ushbu mavsumda jamoamiz 11 aprel kuni «Mash’al» jamoasi mehmoni bo‘lib, 4:1 hisobida g‘alaba qozongan.