Chor. May 21st, 2025

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

«ANDIJON» – «NЕFTCHI» PRЕVYU

Ertaga mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni,deb katta tantana bilan bayram qilinadigan sharafli damlarda Superliganing 9-turida Andijon shahrida  «Andijon» – «Neftchi»  uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu bahsga andijonliklar o‘ziga xos ziddiyat bilan kelmoqdalar.  Chunki ular oxirgi bellashuvlarda ketma –   ket  imkoniyatni  boy  berishlari  natijasida  jamoa  bosh  murabbiyi  Aleksandr  Xomyakov  iste’foga  chiqarildi.

O‘zaro o‘yinlar statistikasiga nazar tashlasak, jamoalar O‘zbekiston birinchiligi doirasida shu kungacha o‘zaro 51 marta to‘qnash kelishgan. Bulardan 10 tasida andijonliklar g‘alaba qozongan, 8 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan va 33 ta bellashuvda «Neftchi»ustunlik qilgan. O‘zaro qarama – qarshilikda  Andijon» ning  eng  yirik  g‘alabasi  3:1,  «Neftchi» ning  eng  yirik  g‘alabasi  7:1  ko‘rinishida  qayd  etilgan.  Umumiy to‘plar nisbati 97-45 farg‘onaliklar foydasiga.

Andijonda bo‘lib o‘tgan oxirgi 5 ta uchrashuv natijalari quyidagicha:

25.09.2024.
«Andijon»-«Neftchi»  0:0
08.04.2023.
«Andijon»-«Neftchi» 0:2
09.04.2016.
«Andijon»-«Neftchi»  2:1
30.05.2015.
«Andijon»-«Neftchi»  0:4
22.06.2014.
«Andijon»-«Neftchi» 1:3

Eslatib o‘tamiz,  «Andijon»  –   «Neftchi»  bahsini  Ilgiz Tantashev  boshchiligidagi  hakamlar  brigadasi  boshqarib  boradi.  Uchrashuv ertaga soat 18:00 da boshlanadi.

Raqib futbolchilar bu uchrashuvda har qanday sharoitda mag‘lubiyatga uchramaslik uchun kurashishlarini hisobga olib, biz ham «Neftchi»ning g‘olibona an’analarini qizg‘in davom ettirishimiz kerak.

Улашинг: