Chor. May 21st, 2025

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

NEFTCHI AFSONASI JAMOAGA QAYTDI: ABDUMAJID TOIROV YOSHLAR BILAN ISHLAYDI

 

Bir vaqtlar «Neftchi» tarkibida himoyachi ampluasida to‘p surib, muxlislar e’tiborini qozongan Abdumajid Toirov yana «Neftchi»ga qaytdi. U yoshlar bilan ishlash tizimi rahbari hamda U-19 va U-21 jamoalari koordinatori sifatida faoliyat yuritadi.

Ma’lumot uchun, Abdumajid Toirov 1974-yil 5-avgust kuni  Surxandaryo viloyatida tug’ilgan. Futbolchi sifatida 21 yoshida Oʻzbekiston oliy ligasida debyutini 1996-yili ASK (Termiz) klubida boshlagan.Futbolchi klub bilan toʻrt mavsumni oʻtkazdi va 60 ta oʻyinda ishtirok etdi. 2000-yilda esa u oʻsha davrning eng kuchli klublaridan biri – Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtib, 6 mavsum davomida 160 dan ortiq oʻyinda maydonga tushdi. 2001-yilda mamlakat chempioni va toʻrt karra kumush medali sovrindori, uch karra Oʻzbekiston kubogi finalchisi boʻlgan.

Abdumajid Toirov yoshlar bilan ishlashda bor mahoratini ishga solib, quvonchli natijalarga erishadi, deb umid qilamiz.

 

Улашинг: