
Ertaga viloyatimizning Bag‘dod hamda Toshloq tumanlari stadionlarida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Hokim kubogi» musobaqalariga start beriladi. Musobaqa 5 fevraldan 13 fevralga qadar bo‘lib o‘tadi. Joriy yilgi turnirga 12 ta jamoa taklif etilgan bo‘lib, ularning barchasi vodiy jamoalarini tashkil etadi. Mazkur musobaqada jamoamizdan «Neftchi»(U-21) va «Neftchi»(U-19) yoshlari ishtirok etishadi. Qur’a natijasiga ko‘ra, jamoalar uchta guruhga bo‘linib, 5 fevraldan 10 fevralgacha o‘zaro bahslarda to‘qnash kelishadi. Guruhda g‘olib chiqqan jamoalar 11 fevralda chorak finalda kuch sinashsa, 12 fevral kuni yarim final bellashuvlari va 13 fevralda «Hokim kubogi-2025» musobaqasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, har ikkala jamoamizning barcha guruh o‘yinlari Toshloq tumanidagi «Amir Temur» nomli stadionida o‘tkaziladi.
5 fevral soat 11:00 da «Neftchi»(U-21)—»Beshariq»
6 fevral soat 14:00 da
«Neftchi»(U-19)—»Andijon»(U-21)
Ko‘p sonli muxlislar nomidan ushbu turnirda ishtirok etadigan o‘rinbosarlar va yoshlar jamoamizga ulkan omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz.
«Neftchi» PFK matbuot xizmati
Бошқа хабарлар
DIYORJON TUROPOV JAMOAMIZNI TARK ETDI
HOKIM KUBOGI -2025. NEFTCHI U21 3-O’RINNI QO’LGA KIRITDI
MARUSHICH UCHRASHUV QAHRAMONI