Chor. Okt 23rd, 2024

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

«NEFTCHI» – «NAVBAHOR» PREVYU

Superliganing 21-tur doirasidagi  markaziy uchrashuvlardan biri Farg‘onadagi «Istiqlol» o‘yingohida kechadi. Vodiy derbisi maqomiga ega bo‘lgan ushbu  bellashuvda 29 ochkodan jamg‘arib turnir jadvalida yonma-yon borayotgan jamoalar «Neftchi» hamda «Navbahor» klublari o‘zaro bahs olib boradilar.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston chempionati doirasida  jamoalar 59 marta kuch sinashib, 26 ta o‘yinda «Neftchi», 15 ta o‘yinda  «Navbahor» ustun kelgan. 18 ta bellashuvda jamoalar  murosa ko‘chasini tanlashgan. Umumiy to‘plar nisbati 82-58 farg‘onaliklar foydasiga.

Ushbu qarama-qarshilikda «Navbahor»ning eng yirik g‘alabasi 3:0, «Neftchi»ning eng yirik g‘alabasi 4:1 hisobida qayd etilgan.

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan oxirgi 5 uchrashuv  natijalari quyidagicha

25.06.2023.

«Neftchi»-«Navbahor» 0:0

18.10.2022.

«Neftchi»-«Navbahor» 1:2

02.08.2018.

«Neftchi»-«Navbahor» 2:1

19.08.2017.

«Neftchi»-«Navbahor» 1:1

12.03.2016.

«Neftchi»-«Navbahor» 1:0

Eslatib o‘tamiz, Namanganda bo‘lib o‘tgan birinchi davra bahsida mezbonlar minimal hisobda ustun kelishgan. Bo‘lajak bellashuvda farg‘onaliklar g‘olibona qadam tashlab, peshqadamlar safiga kirib olishlarida omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz

Улашинг: