Bugun Superligada 18-turning markaziy bahslaridan biri hamda klassiko maqomiga ega bo‘lgan bellashuvda azaliy raqiblar hisoblanmish mamlakatimizning grand jamoalari «Paxtakor» hamda «Neftchi» klublari kuch sinashadi.
O‘zaro o‘yinlar statistikasiga nazar tashlasak, raqiblar milliy chempionatimiz doirasida 59 marta to‘qnashgan. Ushbu bahslarning 29 tasida «Paxtakor», 22 tasida esa «Neftchi» ustunlikka erishgan, 8 ta bellashuv durang bilan yakunlangan. Umumiy to‘plar nisbati 98-69 toshkentliklar foydasiga.
Jamoalarning Toshkentda qayd etgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha:
05.08.2023.
«Paxtakor»-«Neftchi» 0:1
10.03.2022.
«Paxtakor»-«Neftchi» 1:0
31.03.2018.
«Paxtakor»-«Neftchi» 3:0
12.08.2017.
«Paxtakor»-«Neftchi» 6:0
28.05.2016.
«Paxtakor»-«Neftchi» 1:2
Бошқа хабарлар
MANSURBEK TOSHMATOV BILAN SHARTNOMA UZAYTIRILDI
MASHGʻULOTDAN LAVHALAR
MAGʻLUBIYATSIZ SERIYA DAVOM ETADI