"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

FAHRIDDIN MUHAMMADOV  JAMOA BILAN XAYRLASHDI

 

«Neftchi» o‘rinbosarlar safida hujumkor o‘yinlari bilan jamoaning muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo‘shib kelgan iqtidorli futbolchi Fahriddin Muhammadov jamoani tark etdi.

Joriy yilgi mavsumda «Neftchi»ning o‘rinbosarlar tarkibida jami 12 ta uchrashuvda maydonga tushgan Fahriddin Muhammadov 3 ta gol kiritdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Jamoamiz va ko‘p sonli muxlislarimiz nomidan Fahriddin Muhammadovga «Neftchi»da olib borgan faoliyati uchun samimiy minnatdorchilik bildirib, yangi jamoasida katta yutuq va marralarga yetishishida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz

Улашинг: