Pay. Iyul 18th, 2024

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

IKKINCHII DАVRАGА TАYYORGАRLIK BOSQICHI 14 IYULDАN DАVOM ETАDI 

Oʼzbekiston Superligasining birinchi davrasi yakunlanganidan soʼng, «Neftchi» klubi futbolchilariga qisqa muddatli taʼtil taqdim etildi, jamoamiz bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko boshchiligida ikkinchi davraga  tayyorgarlik bosqichini 14 iyuldan klub qarorgohiga yigʼilib,  oʼquv-yigʼin mashgʼulotlariga kirishadilar. Ushbu yigʼin davomida futbolchilarning jismoniy imkoniyatlarini oshirish bilan birgalikda jamoa tarkibini shakllantirish borasida ham ishlar olib boriladi.

Jamoamizning tayyorgarlik bosqichi davomida  murabbiylar shtabi  nazorat uchrashuvi oʼtkazish boʼyicha ham reja tuzishgan. Bular toʼgʼrisida keyinroq xabar berib oʼtamiz.

«Neftchi» matbuot hizmati.

Улашинг: