Sesh. Apr 30th, 2024

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

«PAXTAKOR» BILAN UCHRASHUV QOLDIRILDI

Qatar mezbonlik qiladigan U23 Osiyo kubogi startiga sanoqli kunlar qoldi. Temur Kapadze boshqaruvidagi U23 O‘zbekiston terma jamoasi 2-aprel kuni yig‘inga kirishadi.

Parij Olimpiadasi yo‘lida kurashga kiradigan Kapadze terma jamoa yig‘iniga Nasaf’dan 4 va Paxtakor’dan 5 nafar futbolchini jalb qildi. Ularning barchasi o‘z jamoasining asosiy futbolchilari hisoblanadi. Shuningdek, Olimpik terma asosini tashkil qiladi.

Liga olimpiya termasi bilan 2024-yilgi taqvim masalasida o‘tgan mavsumning oktyabr oyida fikr almashgan bo‘lib, unda Superliga 5-turidagi ayrim bellashuvlar sanasi o‘zgarishi ko‘zda tutilgandi. Olimpiyachilar Qatarga yo‘l oladigan davrda esa O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi o‘yinlari o‘tkaziladi. Mazkur musobaqada Olimpik Toshkentda qolgan futbolchilar bilan ishtirok etishi masalasida kelishilgan.

Kutilganidek, Kapadze Nasaf va Paxtakor klublarining 3 nafardan ortiq futbolchisiga suyanishga qaror qildi. “Superliga va Proliga reglamenti”ning 10.9-bandida olimpiya terma jamoasi uchun uch futbolchisini taqdim etgan klub oldindagi bellashuv sanasini o‘zgartirishni so‘rashga haqli ekanligi ko‘rsatilgan. Nasaf va Paxtakor bu imtiyozdan foydalanishga qaror qildi. Shuningdek, kelishuv asosida Olimpik ishtirokidagi Superliga o‘yini ham ular qatorida boshqa sanada o‘tkaziladi.

Superliga 5-turida Nasaf Navbahor bilan uy, Paxtakor esa Neftchi bilan safar o‘yinida ishtirok etishi kerak edi. Liga qoldirilgan bellashuvlar qachon bo‘lib o‘tishi masalasiga keyinroq oydinlik kiritadi.

 

Manba: pfl rasmiy sayti

Улашинг: