Qirgulidagi “Neftchi Arena” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan kichik Farg‘ona derbisida kutilganidek uchrashuv farg‘onalik futbolchilar ustunligida kechdi. Ular birinchi bo‘lim boshidayoq faol harakatlanib, o‘yin nazoratini to‘liq o‘z qo‘llariga olishdi. Ketma-ket raqib darvozasiga uyushtirilgan hujumlar 9-daqiqada samarali yakunlandi. Chap qanotdan uzatilgan to‘pni qabul qilib olgan hujumchimiz Azizbek Muratov chiroyli tarzda darvozani ishg‘ol etib, uchrashuvda hisobni ochdi — 1:0.
Shundan keyin ham hujumkorlikda davom etgan jamoamiz 19-daqiqada hisobni oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu vaziyatda yana Azizbek Muratov to‘pni qabul qilib olib, ikkinchi golni kiritdi va dubl muallifiga aylandi — 2:0. Hech qancha o‘tmay sahnaga Mujohidbek Olimov kirib keldi. 22-daqiqada u bir nechta himoyachilarni aldab o‘tib, to‘pni aniq zarba bilan qo‘qonliklar darvozasiga joylab qo‘ydi — 3:0. Ushbu hisob bilan jamoalar tanaffusga yo‘l olishdi.
Ikkinchi bo‘lim ham jamoamiz ustunligida kechdi va futbolchilarimiz ko‘plab golli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ammo mehmonlarning kam sonli qarshi hujumlaridan biri 82-daqiqada gol bilan yakunlandi. Bu vaziyatda qo‘qonliklar vakili Hayotjon Mamatov to‘pni jarima maydonchamiz ichida qabul qilib olib, aniq zarba bilan darvozamizni ishg‘ol etdi — 3:1. Ushbu hisob uchrashuv oxirigacha o‘zgarmadi va yakunda yoshlarimiz g‘alaba qozonib, turnir jadvalidagi o‘rnini mustahkamlab olishdi.
U-21 BIRINCHILIGI 10-tur
«Neftchi Arena» o‘yingohi
28 aprel soat 17:00
«Neftchi» 3:1 «Qo‘qon-1912″
Gollar: Azizbek Muratov, 9′(1:0), Azizbek Muratov, 19′(2:0), Mujohidbek Olimov, 22′(3:0), Hayotjon Mamatov, 82′(3:1)
Bosh hakam: Xushnudbek Suyunboyev
Yordamchi hakamlar: Axrorjon Raxmatov, Axrorjon Xusanov
Zaxira hakami: Salohiddin Akramov
Nazoratchi: Sultonbek Zaylabiddinov
Komissar: Muhammad Sulton Fozilov
«Neftchi»U-21: 16.Ibrohim Shokirov, 17.Azizbek Muratov, 25.Omadillo Abdubannobov (61.ShohruhbekRahmonaliyev,79) 28.Muhammadqodir Rasuljonov, 29.Yahyoxon Isaqov (66.Ҳасанбой Умирзақов,64), 37.Javohir Maxmudov, 44.Muminxon Baxodirxonov, 78.Mujohidbek Olimov (80.Albert Nurullayev,79), 79.Asilbek To‘xtasinov, 90.Dilshodbek Sharofiddinov (27.Nurbek Sarsenbayev,46) 97.Mirjalol Abdurahimov
Zaxiradagilar: 13.Abdulmo‘min Nurmuhammadov, 40.Abdulloh Rashidov, 42.Muhammadsoxib Tursunov, 72.Xusniddinbek Akbarov, 76.Anvarjon Ahmadillayev
Bosh murabbiy: Roman Sanjar
