"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

SHIDDATLI BAHSDA JAMOAMIZ MUHIM G‘ALABAGA ERISHDI

Bugungi bellashuv kutilganidek murosasiz va keskin kurashlarga boy tarzda kechdi. Uchrashuv har ikkala jamoaning qarama-qarshi hujumlari bilan boshlandi. Lekin to‘p nazoratini asta-sekinlik bilan qo‘lga olgan vakillarimiz 17-daqiqada chiroyli kombinatsion hujum orqali hisobni ochishga erishdi. Bu vaziyatda to‘p Yovan Jokichga kelib tushdi va u kuchli zarba bilan mehmonlar darvozasini ishg‘ol etdi – 1:0.

Goldan so‘ng hujumlarimiz davom etdi va keyingi xavfli zarba Ibrohim Halil Yo‘ldoshevda yuzaga keldi. Lekin uning kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda qarshiliklar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Golga Bobur Abduholiqov mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘limda jamoamiz hujumkorlikni yanada oshirdi. Ketma-ket uyushtirilgan hujumlarimiz oqibatida mehmonlar jarima maydonchasi ichida Vladimir Yovovichga nisbatan qo‘pol o‘ynadi va bosh hakam penalti belgiladi. Jarima to‘pini esa Jamshid Iskanderov mohirona tarzda darvoza to‘riga joyladi – 2:1.

Shundan so‘ng ham jamoamizning bosimi davom etdi va hisobni oshirish uchun ko‘plab qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Uchrashuvning asosiy qismiga bosh hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda ham hisob o‘zgarishsiz qoldi va jamoamiz muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Superliga. 8-tur
«Neftchi» 2:1 «Nasaf»
Gollar:
Yovan Jokich, 17′ (1:0)
Bobur Abduholiqov, 90+4 (1:1)
Jamshid Iskanderov, 64′ pen (2:1)
Bosh hakam: Shavkat Nasibullayev
Yordamchi hakamlar: Husan Xudayberdiyev, Abdurashid Erkinov
Zaxira hakami: Nurbek Sheraliyev
VAR: Asker Najafaliyev
AVAR: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Shohruh Said

«Neftchi«: 1. Botirali Ergashev, 4. Boyan Ciger, 6. Ibrohimhalil Yo’ldoshev, 7. Abrorbek Ismoilov (8. Vladimir Yovovich,60), 10. Jamshid Iskanderov (9. Xurshid G’iyosov,83), 18. Stipe Perica (32. Zoran Marushich, 60), 20. Anvarjon G’ofurov, 22. Alisher Odilov (11. Asilbek Jumaev,74), 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiev, 77. Ratino (30. Rustambek Fomin, 83)

Zaxiradailgar:
: 45. Akbar To’raev, 2. Izzatillo Po’latov, 14. Daler Tuxsanov, 21. Muxsinjon Ubaydullaev

Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov

Улашинг: