"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

«XORAZM» – «NЕFTCHI» PRЕVYU

 

O‘zbekiston chempionligini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan sevimli «Neftchi» jamoamiz Superliganing so‘nggi 30-tur bellashuvini Urganch shahrida «Xorazm» klubiga qarshi o‘tkazadi.

O‘zaro to‘qnashuvlar ma’lumotlariga nazar tashlasak, shu kunga qadar jamoalar Superliga chempionati doirasida 17 marta yuzlashgan bo‘lib, bu qarama-qarshilikda farg‘onaliklar katta ustunlikka ega chiqishgan. Ushbu to‘qnashuvlarda «Neftchi» jami 13 ta o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 ta bahsda tomonlar murosa qilishgan va faqat 1 ta bellashuvda «Xorazm»ning qo‘li baland kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati 11-56 farg‘onaliklar foydasiga. Eng yirik g‘alabalarga kelsak, «Neftchi» 1998 va 2006 yillarda «Xorazm» klubini 7:1 va 8:2 hisobida mag‘lub etgan.

Urganchda qayd etilgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari:

25.09.2010.
«Xorazm»-«Neftchi» 2:1
20.10.2009.
«Xorazm»-«Neftchi» 0:0
23.09.2006.
«Xorazm»-«Neftchi» 2:8
13.05.2000.
«Xorazm»-«Neftchi» 1:1
18.04.1999.
«Xorazm»-«Neftchi» 1:1

Eslatma: Superliganing so‘nggi 30-tur doirasidagi «Xorazm»-«Neftchi» uchrashuvida Ravshan Abduvohidov bosh hakam sifatida faoliyat yuritadi. Bellashuv soat 15:00 da boshlanadi.

Chempion sifatida maydonga tushayotgan yigitlarimizga yuksak unvonga munosib bo‘lish, g‘olibona yurishni shiddatli davom ettirishda yangi zafarlar tilaymiz.

Улашинг: