Sevimli jamoamiz Superliganing 28-tur doirasidagi uchrashuvini «Buxoro» futbol klubi bilan safarda oʻtkazadi.
Statistikaga nazar tashlaymiz. Shu kunga qadar «Neftchi» buxoroliklar bilan Superliga, Pro liga va Oʻzbekiston kubogi musobaqalarida jami 67 marta oʻzaro toʻqnash kelgan.
Superliga chempionatidagi toʻqnashuvlarini inobatga olsak, bularning 15 tasida «Buxoro» gʻalaba qozongan, 4 ta oʻyinda murosa koʻchasi tanlangan va 36 ta bahsda «Neftchi»ning qoʻli baland kelgan. Umumiy toʻplar nisbati 49-104 fargʻonaliklar foydasiga.
Jamoalarning oʻzaro uchrashuvlardagi eng yirik gʻalabalar koʻrsatkichi 1999 yil futbol mavsumida qayd etilgan. Oʻshanda «Buxoro» oʻz maydonida 4:1 hisobidagi gʻalabani rasmiylashtirgan. Fargʻonada boʻlib oʻtgan javob bahsida esa «Neftchi» 5:0 hisobida ustun kelgan.
Buxoroda qayd etilgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha
21.04.2023.
«Buxoro»-«Neftchi» 2:2
19.07.2018.
«Buxoro»-«Neftchi» 0:0
07.04.2017.
«Buxoro»-«Neftchi» 3:0
16.06.2016.
«Buxoro»-«Neftchi» 2:0
05.11.2015.
«Buxoro»-«Neftchi» 3:1
Eslatib oʻtamiz, Superliganing 28-tur doirasida oʻtkaziladigan «Buxoro»-«Neftchi» bellashuvini Asker Najafaliev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.Uchrashuv 7 noyabr kuni soat 18:00 da boshlanadi.
Boʻlajak bellashuvda yigitlarimizga kuch-gʻayrat, joʻshqinlik va gʻolibona kayfiyat tilaymiz.
