Zohidjon Gʻofurovni tabriklaymiz!
9-may, 2020·1 min o'qish

Zohidjon Gʻofurovni tabriklaymiz! Bugun "Neftchi" futbol klubining direktori Zohidjon Gʻofurovning tavallud topgan kuni. Fursatdan foydalanib, "Neftchi" FK murabbiylar shtabi, ishchi-mutaxassislar,futbolchilar va muxlislari nomidan klubimiz ravnaqi va rivoji yoʻlida tinim bilmay, sidqidildan mehnat qilayotgan Zohidjon Gʻofurovga sogʻlik-omonlik, oilaviy baxt va professionallik faoliyatlarida jamoa bilan birga ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritishlarida omad yor boʻlishini tilaymiz. Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin! "Neftchi" matbuot xizmati